1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Shveysariyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida Prezident Tinchlik Kengashi nizomi imzolanish marosimida ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Shveysariyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahriga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida davlatimiz rahbari Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Tinchlik Kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etadi.

 

Avvalroq Prezident Mirziyoyev kengashga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.

 

Davlat rahbari AQSh Prezidentiga yo‘llagan maktubida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik mojarolarni hal etish va keng mintaqada tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam sifatida baholanganini ta’kidladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика