Qayd etilishicha, O‘zbekistonda fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha hisobga olish tizimini soddalashtirish uchun maʼlum miqdorda mablag‘ ajratiladi.
Unga ko‘ra, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha hisobga olish tizimini yana-da soddalashtirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ushbu yo‘nalishda boshlangan islohotlarni yakuniga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha hisobga olishning amaldagi tartibini yana-da soddalashtirish va istiqbolda fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha hisobga olishning yagona elektron tizimini joriy etishni ham ko‘zda tutgan.
Ushbu mablag‘lar amaliyotda qo‘llash uchun, fuqarolarning shaxsiy biometrik maʼlumotlarini olish, saqlash va ulardan foydalangan holda shaxsini tasdiqlash kabi birlamchi tajribalarni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sinov tariqasida 4 ta hududda aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlangani hamda O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshyotgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


