
Xususan, 25 avgustdan 26 avgustga o‘tar kechasi o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 3 ta holatda giyohvandlik moddasi va psixotrop dori vositalari olib yurilishi aniqlandi.
Tungi soat 00:30 larda Toshkent viloyati hududidan, Toshkent shahriga kirib kelayotgan, “Cobalt” rusumli, davlat raqami 30 Q 577 MA bo‘lgan avtoulov Post patrul xizmati xodimlarida shubxa uyg‘otdi. Avtoulov to‘xtatilib, tekshirilganda ishtixonlik haydovchi G‘.Beknazarovning cho‘ntagidan 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, isteʼmol uchun tayyor bo‘lgan giyohvand moddasi topildi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, G‘.Beknazarov Chilonzor tumani IIO FMBga topshirildi.
Xuddi shungay holat Yakkasaroy tumanida ham aniqlandi. 29 yoshli S.Fazliddinov boshqaruvidagi “Spark” rusumli, davlat raqami 01 X 271 WA bo‘lgan avtoulov to‘xtatilib, tekshirilganda 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, isteʼmol uchun tayyor bo‘lgan giyohvand moddasi topildi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Haydovchi Yakkasaroy tumani IIO FMB 2-IIBga topshirildi.
Tadbir davomida avtoulovlardan psixotrop vositalar ham aniqlandi. Masalan, A.Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, 1989 yilda tug‘ilgan, Yo.Gaziyev boshqaruvidagi “Damas” rusumli, davlat raqami 01 S 104 MV bo‘lgan avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Shubha ostiga olingan ushbu haydovchi tekshirilganda cho‘ntagidan va mashina salonidan bir donadan “Tropikamid” va “Regapen” dorilar hamda 1 dona pichoq topildi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi tegishli organlarga topshirilgan.
Shuningdek tadbir davomida mast holda avtomashina boshqargan 19, tegishli hujjatlarsiz 109, qonuniy talablarni bajarmagan 14 va 5 nafar ovoz so‘ndirgich (glushitel) o‘rnatgan, mashina oynalarini tegishli ruxsatnomasiz qoraytirib, avtoulov boshqargan 6 nafar xaydovchi aniqlandi. Ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.
Avvalroq Yakkasaroyda o‘tkazilgan tungi reydda “Lacetti” salonidan giyohvandlik moddasi topilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva tayyorladi.


