1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin aqlli yo‘l tutdi — Tramp

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Moskvaning DXR va LXRni tan olganini "aqlli yurish deb baholadi".

Putin aqlli yo‘l tutdi — Tramp

 

"Men televizor yoqiq xonaga kirganimda Putin Ukrainaning katta qismini mustaqil deb tan olganini eshitdim va "Bu ajoyib!" deb yubordim.

 

Putin "Endi ular mustaqil deb aytganida men "Bu aqlli qaror, Endi u (Putin) u yerga kirib olib, tinchlik o‘rnatuvchisiga aylanadi. Bu men qachondir ko‘rgan eng kuchli tinchlik o‘rnatuvchilari, ular dunyoni qutqaradi" deb o‘yladim", - degan Tramp amerikalik jurnalistlarga bergan intervyusida.

 

Shuningdek Tramp Vashingtonning Rossiya harakatlariga javobi yetarlicha qatʼiy emasligi tanqid qildi.

 

"Menga Baydening kam sonli harbiylarni yuborishi yoqmadi. Bu boshqa tomon harakatlariga nisbatan hazilga o‘xshaydi. U 3000 harbiyni yubordi. Bu kichik ko‘ngilsizlikdek gap" , - dedi Tramp.

 

Donald Tramp Moskva va Vashingtonning qarama-qarshiligiga qaramay, Rossiya yetakchisi bilan yaxshi aloqa o‘rnatganini taʼkidladi va siyosiy raqibi Jo Bayden shuni ham uddalamaganini iddao qildi.

 

"Men Putinni yaxshi bilardim va u bilan yaxshi chiqishardim. U meni yoqtirardi. Men hozir ham uni yaxshi ko‘raman", - dedi sobiq prezident.

 

Shuningdek u agar prezident lavozimida o‘zi bo‘lganida Ukraina inqirozi kuchaymagan bo‘lishini aytdi.

 

Siyosiy raqibining har qadamini tanqid qiluvchi Donald Tramp ayni paytda keyingi prezidentlik saylovida qatnashish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика