1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putinning salomatligi qanday?

AQSH bosh razvedkachisi bu haqda o‘z fikrini bildirdi.

Putinning salomatligi qanday?

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sog‘lom. Bu haqda AQSH markaziy razvedka xizmati direktori Uilyam Berns maʼlum qildi.

 

“Prezident Putinning salomatligi to‘g‘risida turli mish-mishlar yuradi. Bizning fikrimizcha, u butunlay sog‘lom. Bu razvedkaning norasmiy maʼlumoti”, – degan u Kolorado shtatidagi chiqishida.

 

Razvedka rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Putin va Eron Oliy rahnamosi Ali Xumayniy bilan o‘tkazgan muzokaralari uning faoliyatidagi eng og‘ir uchrashuvlardan bo‘lgan.

 

“Eron va rossiyaliklar bilan uzoq yillik muzokaralar natijasida sochimda oqlar ko‘payib ketdi”, – deb qayd etgan u.

 

Avvalroq Putin Tehronda jurnalistlar bilan suhbatlashgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика