KXDR yadro sinovlari o‘tkazgan taqdirda, unga qatʼiy javob choralari ko‘riladi. Bu haqda AQSH davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Sherman maʼlum qildi.
Diplomat bu haqda Seulda, Janubiy Koreyalik hamkasbi Cho Xen Don bilan muzokaralar davomida gapirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qatʼiy choralar nafaqat AQSH, balki Janubiy Koreya va butun dunyo tomonidan qo‘llaniladi.
"Biz ertaga Yaponiya va Janubiy Koreya bilan uch tomonlama muzokaralarni davom ettiramiz", — degan Sherman.
Avvalroq AQSH va Janubiy Koreya birgalikda ballistik raketa uchirgandi.


