1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qancha ukrainalik Buyuk Britaniyada harbiy tayyorgarlikdan o‘tgani maʼlum bo‘ldi

Mashg‘ulotlar iyun oyida boshlangan.

Qancha ukrainalik Buyuk Britaniyada harbiy tayyorgarlikdan o‘tgani maʼlum bo‘ldi

 

Iyun oyidan buyon 4.7 ming ukrainalik Britaniya hududida harbiy tayyorgarlikdan o‘tdi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, harbiylar Angliya  shimoli, janubi-g‘arbi va janubi-sharqida tayyorgarlik ko‘rmoqda. London ularni o‘qitish muddatini 3 haftadan 5 haftaga uzaytirishga qaror qilgan. Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesning taʼkidlashicha, bu orqali ukrainaliklarning harbiy tayyorgarligi sifatini oshirish maqsad qilingan.

 

O‘quv mashg‘ulotlarida Kanada, Daniya, Finlyandiya, Norvegiya,  Litva, Shvetsiya, Niderlandiya va Yangi Zelandiyadan kelgan harbiy murabbiylar ishtirok etmoqda.

 

Avvalroq Buyuk Britaniya Kiyevga reaktiv tizimlar yetkazib bergani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика