1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qanday pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi. Mutaxassis javobi

SAVOL. Men kasb-hunar maktabida pedagog o‘qituvchiman. Bizda ham xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishar ekan degan gap chiqyapti. Aytingchi, qanday pedagoglar attestatsiyadan o‘tmasligi kerak?

Qanday pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi. Mutaxassis javobi

 

JAVOB.

Mazkur savolga amaliyotchi yurist Saidali Muxtoraliyev javob berar ekan, murojaatchiga 2021 yil 17 sentyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomni eslatadi. Mazkur nizom “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” bo‘lib, unda belgilangan talablar maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining barchasi uchun majburiydir.

 

Mutaxassis Nizomning 6-bandi haqida gapirar ekan, unda taʼlim muassasasidagi kadrlarning baʼzilari navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligini sanab o‘tadi. Ular:

➖ fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;

➖ taʼlim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar;

➖ pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar;

➖ pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;

➖ homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

➖ homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida bo‘lgan ayollar, ular taʼtilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

➖ pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;

➖ uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni o‘tayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

➖ mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan pedagog kadrlar, ularga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan yoki bir pog‘ona oshirilgan vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida;

➖ respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar;

➖ ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlari uchun zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida attestatsiyaga jalb qilinmaydi.

 

Avvalroq pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishda endi yig‘ma jild talab qilinmasligi hamda hokim maktab direktorini ishdan bo‘shatishga haqqi yo‘qligi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика