1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qarshida ommaviy janjal: 19 yoshli sportchi to‘pponchadan o‘q yedi

Yaqinda sobiq MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevning avtohalokatga uchrab vafot etgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarni “portlatib yuborgandi”. Bu xabar ketidan esa qarshilik sportchi Elbek Rahimovning yetti nafar sovuq qurollar bilan qurollangan shaxslar tomonidan o‘ldirib ketilgani yuraklarni junbushga kelitirish bilan birga ko‘pchilikni sergaklantirdi.

Qarshida ommaviy janjal: 19 yoshli sportchi to‘pponchadan o‘q yedi

 

 

Hatto, mazkur jinoyat ishi nazorati mutasaddi tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklatildi. Jinoyat jazosiz qolmaydi. Ammo xalq ikki zabardast sportchisidan ayrildi.

 

Navbatdagi jinoyat ham aynan sportchilar bilan bog‘liq.

 

Qarshida bir guruh yoshlar o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi. Ishtirokchilardan biri 19 yoshli sportchini pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzib, yaraladi. Bu haqda “Novosti Kashkadari” xabar berdi.

 

Unda keltirilishicha, janjal 3 sentyabr kuni soat 21:30 da Qarshi markazida kurant va viloyat hokimligi binosi yaqinida yuz bergan. Muqaddam sudlangan 28 yoshli Shahriyor va uning do‘stlari bir guruh yigitlar bilan janjallashib qolgan. Shahriyor ulardan biriga pnevmatik to‘pponcha bilan o‘qtalib, 3 soniya ichida do‘stlari bilan yo‘lning narigi tomoniga o‘tishni buyurgan.

 

Shundan so‘ng jami 11 kishidan iborat yigitlar guruhi o‘rtasida janjal boshlangan. Ular ko‘chada bir-birlarini turli uyatli so‘zlar bilan haqolatlagan. Shu vaqtda Shahriyor qochishga tushib, birinchi duch kelgan taksini to‘xtatgan. Kuch ishlatib haydovchini mashinadan tushishga majbur qilgan. Shu payt mashinaga 19 yoshli sportchi Jonibek yugurib kelgan. Shahriyor unga bir necha marta pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzgan. Ikki marta qorin sohasidan yaralangan Jonibek ham o‘z navbatida Shahriyorni urgan.

 

“Voqea joyiga profilaktika inspektori kelib qolmaganida bu mojaro qanday yakun topgan bo‘lardi, nomaʼlum. Janjal ishtirokchilarining aksariyati Qashqadaryo oliygohlarida o‘qiyotgan talabalar, ayrimlari o‘qishga endi kirgan yigitlar bo‘lgan. Ularning deyarli barchasi sport bilan shug‘ullanadi. Oralarida O‘zbekiston chempioni ham bor. Nima uchun janjalda ishtirok etdingiz, degan savolga ular do‘stini xafa qilishganida qarab turolmasligini bildirgan”, - deyiladi xabarda.

 

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari barcha holatlarni inobatga olgan holda, 9 ishtirokchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha maʼmuriy jazo qo‘llashga qaror qildi. Ularni BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorida jarima yoki 15 kunlik qamoq jazosi kutmoqda.

 

28 yoshli Shahriyorga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (sovuq qurolni namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda erkak tanishining ko‘ziga pnevmatik pistoletda otib qo‘ygandi. Shuningdek, Surxondaryoda sababsiz “KAMAZ”ga qarata o‘q uzgan “Malibu” haydovchisi qo‘lgan olingani haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика