1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga farzandlariga uy berdi

Qumqo‘rg‘onlik qarzdor ota Toshkentdan topildi. Farzandlariga to‘lashi kerak bo‘lgan aliment puli o‘rniga ularga uy berdi.

Qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga farzandlariga uy berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2018 yil 17 iyuldagi ijro hujjatiga asosan R.Xolto‘rayevdan uch nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun sobiq turmush o‘rtog‘i N.Choriyeva foydasiga aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari olib borgan ijro harakatlari chog‘ida qarzdor otani yashash manzilidan topishning imkoni bo‘lmadi. Alimentchi otada yirik miqdordagi qarzdorlik yuzaga kelgani uchun unga nisbatan 2020 yil noyabr oyida qidiruv eʼlon qilinib, R.Xolto‘rayev qidirib topilgungacha ijro harakatlari vaqtincha to‘xtatildi.

MIBning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan qidiruv natijalariga ko‘ra, qarzdor ota Toshkent shahridan topilib, ijro harakatlarini davom ettirish uchun Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limiga topshirildi.

Davlat ijrochilari R.Xolto‘rayevga aliment to‘lashdan bosh tortganlik uchun amaldagi qonunlarimizda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilab qo‘yilganini tushuntirdi. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqargan alimentchi ota sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishib, uch farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment puli o‘rniga o‘ziga tegishli Qumqo‘rg‘on tumani To‘g‘on mahallasidagi uy-joyni notarial tartibda rasmiylashtirib berdi.

Byuroning tuman bo‘limi mazkur ijro hujjatini belgilangan tartibda muddatidan oldin tugatib, qarzdorga qo‘llagan barcha cheklovlarni bekor qildi.

          Eslatib o‘tamiz, avvalroq aliment to‘lamagan 11 nafar ota qamoqqa olingani hamda Samarqandda qarzdor ota farzandlariga 260 million so‘m aliment to‘lagani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика