1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qashqadaryoda 14 millionlik pirotexnika savdosiga chek qo‘yildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryoda 14 millionlik pirotexnika savdosiga chek qo‘yildi

 

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar qilishicha, viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan Milliy Gvardiya Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. 

 

Maʼlum bo‘lishicha, Koson tumanida 2021-yil 13-noyabr kuni soat 14:20 larda “Shaboda” tuyxonasi oldida to‘xtab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi N.A boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatildi. Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasi salonida umumiy qiymati 14 million 400 ming so‘mlik 480 qutidan iborat “Treniya" yozuvli noqonuniy pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

 

Ayni vaqtda har ikkala holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtinchalik saqlovga olindi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avvalroq Buxoroda 8800 dona pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda sotayotgan shaxs ushlangani hamda Andijonda 63 millionlik noqonuniy  pirotexnika  vositalari to‘xtatib qolingani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика