1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qaysi davlatlar Ukrainaga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan?

Bu bo‘yicha maʼlumotlar ochiqlandi.

Qaysi davlatlar Ukrainaga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan?

 

Kil jahon iqtisodiyoti instituti Ukrainaga yordam berayotgan davlatlar haqida yangi hisobot eʼlon qildi.

 

Ekspertlarning maʼlumotlariga ko‘ra, 1 iyul holatiga ko‘ra, AQSH Kiyevning asosiy harbiy donori bo‘lib qolmoqda. O‘tgan vaqt davomida Vashington 24.45 milliard dollarlik yordam bergan. Keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya (4.11 milliard dollar), Polsha (1.83 milliard dollar) va Germaniya (1.22 milliard dollar) turibdi.

 

Ro‘yxatdan faqat iyul oyiga qadar real yordam ko‘rsatgan davlatlar o‘rin olgan. Unga ko‘mak vaʼda qilgan, ammo shu kunga qadar yetkazib bermagan mamlakatlar kiritilmagan.

 

 Avvalroq Yevropaning yirik davlatlari Ukrainaga harbiy yordam berish bo‘yicha yangi majburiyatlar olmagani haqida xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика