Toshkent viloyatida MIB orqali MJCHdan advokatlik byurosi foydasiga 110 million so‘m undirildi. Bu haqida MIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Qibray tuman MIB bo‘limi ish yurituviga Quyi Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida “K.” MCHJ nomli qarzdor korxonadan advokatlik byurosi foydasiga jami 110,6 million so‘m qarzdorlik undirishga doir ijro hujjati kelib tushgan.
Ijro harakatlari doirasida qarzdorga bir necha bor rasmiy ogohlantirishlar berilgan. Biroq, ushbu ogohlantirishlarga qaramasdan, qarzdor tarafdan hech qanday amaliy chora ko‘rilmagan.
Natijada qarzdorga tegishli bo‘lgan, bozor qiymati 184,5 million so‘m deb baholangan “VOLVO BL71” rusumli maxsus texnika vositasi xatlandi va belgilangan tartibda elektron auksionga chiqarildi.
Shundan so‘ng qarzdor tomon qarz miqdorini to‘liq va naqd ko‘rinishda Majburiy ijro byurosining hisob raqamiga o‘tkazdi. Shundan so‘ng, texnika vositasi auksion savdolaridan qaytarilib, belgilangan tartibda egasiga qaytarildi.
Natijada sud hujjati to‘liq ijro etilib, advokatlik byurosining buzilgan huquqlari tiklandi.


