1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Keniya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

Shu tariqa diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan davlatlar soni 164 taga yetdi.

O‘zbekiston Keniya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Keniya Bosh vaziri va tashqi ishlar va diaspora ishlari bo‘yicha vaziri Musaliya Mudavadi bilan uchrashdi. Bu haqida vazirning o‘zi telegram kanalida maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Keniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari tegishli Kommyunike imzoladi.

 

“Keniya Bosh vaziri va tashqi ishlar va diaspora ishlari bo‘yicha vaziri Musaliya Mudavadi janoblari bilan uchrashganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Birgalikda mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Kommyunike imzoladik. Keniya Afrikaning eng dinamik iqtisodiyotlaridan biri va texnologiya hamda innovatsiyalar markazi sifatida jadal taraqqiyot namoyon etmoqda.

 

Biz ikki xalq manfaatlariga bevosita foyda keltiradigan samarali hamkorlik imkoniyatlarining keng doirasini muhokama qildik”, deb yozdi Saidov.

 

Shunday qilib, O‘zbekistonning diplomatik munosabatlar o‘rnatgan mamlakatlari soni yana bittaga ko‘payib, 164 taga yetdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика