1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qidiruvda bo‘lgan qashqadaryolik shaxs Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi

Fuqaro Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.

Qidiruvda bo‘lgan qashqadaryolik shaxs Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi

 

Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida R.Z. Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahri hududida qo'lga olingan.

 

Maʼlum bo‘lishicha,  qochqin Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat (firibgarlik)ni sodir etgani uchun Shahrisabz tumani IIB tomonidan qidiruvga berilgan.

 

Ayol doimiy yashash joyi  Shahrisabz tumani “Shakarteri” MFY, Temirchi qishlog‘i bo'lgan.

 

Mazkur holatda  ayol o‘z qilmishiga yarasha javob berish bilan birga, jinoyatni yashirish va tergovdan qochish bandlari uchun ham jazolanishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval  Andijon tumanidan avtomashina olib qochgan shaxs Namangan shahridan ushlangani hamda buxorolik qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, “Islom davlati” terroristik tashkiloti aʼzosi O‘zbekistonga olib kelingandi. 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика