Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi reyd jarayonida Taxtako‘pir tumani "Qoniratkol" OFY cho‘l zonasining “Tasbergen” kran atrofida “Uaz 469” rusumli avtomashina yonida turgan bir necha nomaʼlum shaxslar inspektorlarda shubha uyg‘otgan. Inspektorlar nomaʼlum shaxslar tomoniga yaqinlashayotganida ular zudlik bilan avtomashinaga o‘tirib voqea joyidan yashiringan. Inspektorlar ular ortidan 5 km masofagacha taʼqib qilib borgan. Biroq nomaʼlum shaxslar davlat inspektorlaridan qochib ketishga ulgurgan.
Taxtako‘pir tumani cho‘l zonasining “Tasbergen” kran atrofida inspektorlar tomonidan nomaʼlum shaxslar turgan joy ko‘zdan kechirilganda voqea joyidan nomaʼlum shaxslarga tegishli otilgan patron gilzasi, idish-tovoq, xo‘jalik buyumlari bo‘lgan pichoq, bolta, yoqilg‘i, qiyim-boshlar hamda “Qizil kitob"ga kiritilgan 14 dona jayronlar, 5 dona yovvoyi quyonlar tashlab ketilganligi aniqlangan.
Yuqoridagi holat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi tomonidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga xabar qilinib, tegishli tartibda dalolatnoma tuzilgan.
Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Mahalliy ovchilar "Qizil kitob"ga kiritilgan jayronni otib o‘ldirgani hamda ushbu jayron ovlovchilar ustidan sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


