Joriy yilning 3-yanvar kuni soat 09:00 chamasida Farg‘ona shahar Al-Farg‘oniy va Temiryo‘lchilar ko‘chalari kesishgan chorrahada jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi sudyasi M. U. ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Hodisa oqibatida sudya boshqaruvidagi “Nexia – 2” hamda X. A. ismli haydovchi boshqaruvidagi “Nexia – 3” avtotransport vositalari shikastlangan. Ikki tarafdan ham og‘ir bo‘lmagan tan jarohati olganlar bor.
Ayni paytda holat yuzasidan vakolatli organ xodimlari surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Avvalroq Toshkentda 3 ta avtotransport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Javohirbek TURSUNOV


