Bugun, 16-yanvar kuni soat 03.00 atrofida Yashnobod tumanining Shohimardon ko‘chasida “Spark” haydovchisi avtohalokatga uchrab, halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, haydovchi tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgan va avtomashina yo‘l chetidagi panjaraga borib urilgan. Hodisa oqibatida 17 yoshli haydovchi va 14 yoshli yo‘lovchi jiddiy tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Aniqlanishicha, avtotransport vositasi haydovchilik guvohnomasi va ishonch qog‘oziga ega bo‘lmagan fuqaro tomonidan boshqarib ketilayotgan bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


