1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qo‘qonda sog‘lom erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

U shu tarzda 3 kuni shifoxonada qolgan.

Qo‘qonda sog‘lom erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ruhiy kasalliklar shifoxonasida fuqaroni uning roziligisiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorga “hayfsan” berildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, fuqaro B.N. tuman IIB profilaktika inspektori va mahalla vakillari bilan hamkorlikda qonunga zid ravishda Qo‘qon shahridagi viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro B.N. ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘rikdan o‘tkazish uchun joylashtirilishida rozilik xatiga imzo qo‘ymagan, shunga qaramasdan uni shifoxonaga joylashtirishgan va 3 kun davomida ko‘rikdan o‘tkazishgan. Shundan so‘ng unga sog‘lom bo‘lganligi sababli javob berib yuborilgan.

 

O‘rganish jarayonida “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi 2-qismida psixiatriya tekshiruvi tekshirilayotgan shaxsning maʼlumotlarni bilgan xolda tekshiruv o‘tkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi talablari buzilganligi maʼlum bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика