2024 yil 12 dekabr kuni Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyining 3-qavatidan o‘zini pastga tashlab og‘ir tan jarohati olgan talaba qizga tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.
Prokuratura surishtiruv natijalariga ko‘ra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lgani aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish maqsadida suitsidga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish tavsiya etilgan.
“Hozirda talabalar turar joylarida xavfsizlikni taʼminlash uchun maxsus qoidalar joriy etildi, kunlik nazorat va psixologik ko‘mak yo‘lga qo‘yildi. Talabalar bilan keng qamrovli suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikrlari o‘rganildii”, deyiladi xabarda.


