Qozog‘iston afg‘on ayollariga "qo‘l cho‘zdi"

Afg‘on sudya va deputat ayollari mamlakatni tark etishga muvaffaq bo‘ldi.

Qozog‘iston afg‘on ayollariga "qo‘l cho‘zdi"

 

Qozog‘iston orqali afg‘onistonlik bir guruh ayollar uchinchi davlatlarga evakuatsiya qilindi. Bu haqda mamlakat TIV xabar berdi. Xabarda aytilishicha, bu ayollar sobiq parlament aʼzolari va sudyalardan iborat bo‘lgan. Ular Olma-Ota aeroporti orqali boshqa davlatlarga olib ketilgan.

 

“Qozog‘iston Respublikasining gumanitar sohadagi xalqaro majburiyatlariga asosan, davlat rahbari afg‘on ayollari – sudyalar va parlament vakillari – va ularning oila aʼzolariga tranzit koridori taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, – deyiladi bayonotda.

 

Qozog‘iston bu borada xalqaro va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan.

 

Sobiq afg‘on sudya, deputat va politsiyachi ayollari “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgandan keyin “alohida xavf guruhi”ga kirgan. Ko‘plab viloyatlarda sobiq ayol xizmatchilar hayotini saqlab qolish maqsadida yashirin ravishda yashayotgani aytiladi.

 

Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri AQSH Afg‘onistonga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilish kerakligini aytgandi. Shuningdek, Afg‘onistonning yarim aholisi ochlikka duchor bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика