1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qozog‘iston “asr loyihasi”da qatnashmoqchi

To‘qayev bu bo‘yicha rejalarni ochiqladi.

Qozog‘iston “asr loyihasi”da qatnashmoqchi

 

Qozog‘iston transafg‘on temiryo‘li qurilishida ishtirok etmoqchi. Bu haqda Qosim-Jo‘mart To‘qayev maʼlum qildi.

 

U bu haqda Qirg‘izistonda bo‘lib Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida gapirgan. Qozog‘iston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning Nur-Sulton qurilish uchun zarur materiallar yetkazib berishi mumkin.

 

Shuningdek, “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temiryo‘li qurilishida harakatlanuvchi tarkiblarni taqdim etish rejalashtirilgan.

 

To‘qayev O‘zbekiston bilan transport sohasida hamkorlik kengayib borayotganini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlatni bog‘laydigan “Darvoza-Maktaral” temiryo‘l tarmog‘i o‘tkazish quvvatining 2 barobar ko‘payishiga olib keladi.

 

Avvalroq “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” yo‘nalishida ekspeditsiya ishlari boshlangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика