1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qurolli nizo Rossiya va Ukraina iqtisodiyotiga qanday taʼsir qiladi?

Jahon banki ayrim taxminlarini ochiqladi.

Qurolli nizo Rossiya va Ukraina iqtisodiyotiga qanday taʼsir qiladi?

 

Jahon Banki Rossiya va Ukraina iqtisodiyoti bo‘yicha prognozlarini eʼlon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Unda ikki davlat iqtisodiyoti qanchaga qisqarishi haqida so‘z boradi. Unga ko‘ra, Ukrainada bu ko‘rsatkich 43 foizni tashkil etmoqda. Bunga sabab — mamlakatda ishchi kuchining asosiy qismi frontda jang qilmoqda yoki boshqa davlatga chiqib ketgan. Bundan tashqari, urush oqibatida zavodlarning katta qismi yopilib ketgan, ularning ayrimlari Rossiya zarbalaridan butunlay yaroqsiz holatga kelgan.

 

RF YIM esa G‘arb sanksiyalari tufayli 11.2 foizga qisqarishi kutilmoqda. Bundan tashqari, investitsiyalar 16.9 foiz, tovar va xizmatlar eksporti 30.9, import esa 35.2 foizga kamayadi. Shuningdek, keyingi ikki yilda Rossiya iqtisodiyotida katta o‘zgarishlar bo‘lmasligi taxmin qilingan.

 

Avvalroq Osiyo Taraqqiyot banki Osiyo davlatlarining iqtisodiy o‘sishiga doir prognozlarini eʼlon qilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика