1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Quva tumanidagi bozorda yong‘in bo‘ldi

Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVBlari rahbar xodimlari va 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Quva tumanidagi bozorda yong‘in bo‘ldi

 

Voqea bugun, 1 fevral kuni tonggi soat 06:23 da Farg‘ona viloyati Quva tumani “G‘alaba” MFY Bo‘ston ko‘chasida joylashgan Quva savdo kompleksi (bozor)da bo‘lgan. Talafot oqibatida taxminan 25 ta kiyim-kechak do‘konining tomi, shifti va ichki qismi yongan.

 

Yong‘in o‘chirish ekipajlari voqea joyiga soat 06:27da yetib borib, yong‘in 07:10da qurshab olinib, 07:37da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

 

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati hamda Olmazor tumanidagi do‘konlarning birida yong‘in bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика