1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat / 
  4. Radarni to‘sgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

09:51 / 30.08.2021

1.5k

Radarni to‘sgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Radarni to‘sgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘zlashtirgan, qoidabuzarlik sodir etmaydigan haydovchilar talaygina. Ammo shunday toifa haydovchilar ham borki, qoidaga amal qilishdan ko‘ra yo‘l patrul xizmati inspektorlari bilan talashib-tortishishni, ularning ishiga to‘sqinlik qilishni afzal ko‘radi.

 

 

Maʼlumki, tezlik bilan bog‘liq qoidabuzarliklar avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan maxsus tezlikni o‘lchash uskunalari vositasida aniqlanmoqda. Bu esa, tabiiyki, ayrim ashaddiy qoidabuzarlar, aniqrog‘i avtomoblni tez haydaydigan ishqibozlarga yoqmaydi.

 

Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan ana shunday maxsus transport vositalaridan biri M39 xalqaro avtomobil yo‘lining Zangiota tumani hududidan o‘tgan qismida ish olib borayotgan edi. Bu aftidan shu yerdan o‘tib ketayotgan haydovchi Muzaffar Rahmonovga yoqmaydi. U o‘z shaxsiy “Cobalt” rusumli mashinasini to‘g‘ri uning oldida to‘xtatib, ushbu holatni qo‘l telefoniga tasvirga ola boshlaydi.

 

Yo‘l patrul xizmati inspektori undan ishga halaqit bermaslikni so‘raydi. Ammo u qaysarlik qilib, talabni bajarmaydi. Shundan so‘ng inspektor ichki ishlar boshqarmasidan yordamchi kuch chaqiradi. Ular haydovchini ichki ishlar idorasiga olib ketadi. Kerakli hujjatlarni tayyorlab, ishni sudga chiqaradi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida to‘plangan hujjatlar, guvohlar ko‘rsatmalari atroflicha o‘rganilib, Muzaffar Rahmonovga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 moddasi bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bazaviy hisoblashning bir baravari, yaʼni 245 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

 

Avvalroq Olmazor tumanida joylashgan “Mineral suvlar” blok-postida taqiqlangan giyohvand moddasi ushlab qolingani xaqida xabar bergan edik.

 

 

Munojat Valiyeva

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика