1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Rahbariyat tajribali mutaxassisni olib kelish niyatida”

Timur Kapadze MTJ yangi bosh murabbiyi haqida gapirdi.

“Rahbariyat tajribali mutaxassisni olib kelish niyatida”

Ertaga, 30 avgust kuni mamlakatimiz mezbonlik qiladigan “CAFA Nations Cup-2025” turniri “A” guruhi uchrashuvlari start oladi. Bugun turnir oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Unda O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze ham ishtirok etib, terma jamoa uchun yangi bosh murabbiy kelganiga to‘xtalib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

 

“Biz mashg‘ulotdamiz. Ko‘rdik, murabbiy kelganini. Kelishuv bo‘lgani haqida xabarimiz yo‘q. Bu terma jamoa, biz vatan jamoasi uchun eng yaxshisi bo‘lishini tilaymiz. Xayrli bo‘lsin. Bu jamoani kim boshqarishidan qaʼtiy nazar O‘zbekiston terma jamoa uchun muxlislik qilamiz. Men haqimda ilk fikrlar bildirganlarga minnatdorchilik bildiraman. Barchaga rahmat aytaman.

 

Rahbariyat ham tajribali va JCHni ko‘rgan mutaxassisni olib kelish niyatida. o‘ylaymanki, bu balki yaxshilikka. Biz ham doim vatanimiz termasi uchun yordam beramiz. 

 

Xudoga shukur, menga berilgan vazifani bajardim. 34 yillik orzuni amalga oshirdik. Bundan barcha xursand bo‘ldi. Qolgani barchasi yaxshilikka bo‘ladi. Ko‘ryapsizlar, so‘nggi  yillarda yurtboshimiz tomonidan futbolni rivojlantirish uchun barcha ishlar amalga oshirilmoqda. Kelajagimiz bundanda yaxshi bo‘ladi”, degan Timur Kapadze.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика