1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an: “AQSH o‘z raketa tizimini sotmagach, Rossiyadan S-400 xarid qilishga majbur bo‘ldik”

Turkiya nima uchun Rossiya raketalarini sotib olgani maʼlum bo‘ldi. Bu haqda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMT tadbirlari doirasidagi intervyularidan birida aytgan.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an: “AQSH o‘z raketa tizimini sotmagach, Rossiyadan S-400 xarid qilishga majbur bo‘ldik”

 

 

Rossiyaning S-400 raketa tizimining xarid qilinishi Turkiya va AQSH o‘rtasida munosabatlarning sovuqlashishiga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Anqaraning NATO aʼzosi bo‘lishiga qaramay, tashkilotning asosiy raqiblaridan biri Rossiya qurollarini sotib olishi Vashington noroziliga asos bo‘lgan.

 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Amerikaning Patriot tizimini Turkiyaga sotmasligi boshqa davlatlardan qurol sotib olishga majbur qilgan. S-400 tizimi eng maqbul variant sifatida tanlangan. Prezident AQSH bilan munosabatlar sovuqlashishi masalasiga to‘xtalib:  “О‘ylashimcha, S-400 bunga arziydi. Biz mudofaa salohiyatimizni kuchaytirishimiz kerak”, – degan.

 

Ma'lumot o'rnida: 2018-yilda AQSH davlat departamenti Turkiyaga 3.5 milliard dollarga Patriot tizimini sotishni maʼqullagan. Ammo keyinchalik bu qaror bekor qilingan. Shundan keyin Anqara Rossiya raketalariga qiziqish bildirgan.

 

Аvvalroq Erdo‘g‘an Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzish kerakligini aytgandi. Shuningdek, Suriya Turkiyadan mamlakatni tark etishni talab qilgandi.

 

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика