“Biz u bilan deyarli yarim soat suhbatlashdik. U menga jamoada qolishini aytdi. Kavani jamoamiz uchun foydali o‘yinchi. Umid qilamanki, u jamoa muvaffaqiyati uchun bor kuchini sarflaydi va jamoamizdagi yosh futbolchilarga ham o‘rnak bo‘ladi”.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli urugvaylik hujumchi joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Kavanining “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2022 yilning iyunigacha amal qiladi.
Maʼlumot o‘rnida: Edinson Kavaniga avvalroq “Barselona”, “Sevilya” va Braziliyaning “Korintians” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Avvalroq, Manchini “Manchester Yunayted”ni boshqarishdan bosh tortgani va klub bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher isteʼfoga chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


