Xabarlarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” vakillari Manchini bilan bog‘lanishgan, biroq 56 yoshli mutaxassis hozirgi maqsadi Italiya terma jamoasini JCH-2022ga olib chiqish ekanligini aytgan.
Bundan tashqari, Unai Emeri (“Vilyarreal”), Maurisio Pochettino (“PSJ”), Xulen Lopetegi (“Sevilya”) va Brendan Rojers (“Lester”) “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Avvalroq “Borussiya D” Holandning maoshini oshirmoqchiligi va “Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher isteʼfoga chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


