1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Rojer Federer “Australian Open”da qatnashmaydi

“Katta Dubulg‘a” turnirlarining 20 karra chempioni va dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi Rojer Federer 2022-yilgi “Australian Open” turnirida qatnashmasligini maʼlum qildi.

Rojer Federer “Australian Open”da qatnashmaydi

 

Eslatib o‘tamiz, Rojer Federer tizzasidagi jarohat tufayli joriy mavsumni muddatidan avval yakunlagan edi. U “Uimbldon-2021” turnirining chorak finalida polshalik Xubert Xurkachga yutqazgandan so‘ng qayta kortga chiqmadi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Federer 111 marta ATP turnirida g‘olib chiqqan (shundan 103 tasi yakkalik bahslarida). 310 hafta davomida ATP ro‘yxatining birinchi pog‘onasini boshqarib borgan. Bundan tashqari ketma-ket 237 hafta, mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan. ATP yakkalik reytingida birinchi o‘rinni egallagan eng keksa tennischi hisoblanadi.

 

Avvalroq Rojer Federer dunyoning eng kuchli o‘nta tennischisi ro‘yxatini tark etgani va Novak Jokovich mavsumni muddatidan oldin yakunlamoqchi emasligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика