Bu ko‘rsatkich uning faoliyatida to‘rtinchi bor kuzatilmoqda. Shvetsariyalik tennischi ilgari ham, yaʼni 2002-yilning iyul va avgust oylarida, shuningdek, 2016-yil noyabr oyida kuchli o‘nlikdan joy ololmagandi. Federer “Katta Dubulg‘a” turkumidagi musobaqalarning 20 karra g‘olibi hisoblanadi.
U bugungi kungacha “Uimbldon” musobaqasida sakkiz bor, Avstraliya ochiq chempionatida olti bor, AQSH ochiq chempionati esa besh marta g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, Federer hozirda ushbu reytingda 11-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq Aleksandr Usik Ilon Maskka sovg‘a bergani va Dastin Porye tanasidagi tatuirovkalarga izoh bergani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


