1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Ronaldo A Seriyada qaysi klub chempion bo‘lishi mumkinligini "bashorat" qildi

“Barselona” va "Real Madrid" jamoalarida to‘p surgan afsonaviy braziliyalik futbolchi Ronaldo Nazario A Seriyadagi chempionlik bahsi xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ronaldo A Seriyada qaysi klub chempion bo‘lishi mumkinligini "bashorat" qildi

 

 

U skudetto uchun qaysi klub asosiy daʼvogar bo‘lishi mumkinligini "bashorat" qildi.

 

“Italiya chempionatini muntazam kuzatib boraman. Bu mavsum ham kubokni “Inter” qo‘lga kiritishini istardim. To‘g‘ri, Romelu Lukakuning ketishi klub uchun katta yo‘qotish bo‘ldi, lekin uni ham to‘g‘ri tushunish kerak, chunki bunday taklifni inkor etib ham bo‘lmasdi.

“Yuventus” bilan “Milan” ham kuchli jamoalar sirasiga kiradi, lekin  ushbu mavsumda men “Inter”ni favorit, deb hisoblayman”, - dedi Ronaldo Nazario.  

 

Maʼlumot uchun: “Inter” 2-tur bahsidan so‘ng «A Seriya» jadvalining 2-pog‘onasini egallab turibdi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Agueroning “Barselona”dan norozi ekani haqida xabar bergandik.

 

 

                                                                              Maqsadjon Obidjonov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика