Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, Ukraina bilan ikki hafta davom etgan urushda Rossiya 1990-yillardan beri eng yomon iqtisodiy pasayishni boshdan kechirdi, yalpi ichki mahsulot yil boshida to hozirgacha 30 milliard dollar yoki 9 foizga qisqardi.
G'arb sanksiyalari allaqachon mamlakatda ishlab chiqarishning taxminan 2 foizga qisqarishiga sabab bo'ldi - buni 2020 yildagi pandemiya davridagi yillik pasayish bilan taqqoslash mumkin.
Bundan tashqari, Rossiya joriy asrning eng katta inflyatsiya sur'atlaridan biriga yaqinlashmoqda va defitsit xavfi hukumatni eksport cheklovlarini joriy etishga undamoqda.
Kapital nazorati va deyarli yigirma yil ichida foiz stavkalarining eng katta o'sishiga qaramay, rubl o'z qiymatining taxminan 37 foizni yo'qotdi, bu 2022-yil hosobidan dunyodagi eng yomon ko'rsatkichdir.
“Rossiya rublning qadrsizlanishi inflyatsiyaning oshishiga va Rossiya aholisining xarid qobiliyatining jiddiy pasayishiga olib keladigan “chuqur retsessiya” sari ketmoqda”, dedi XVJ bosh direktori Kristalina Georgieva jurnalistlarga.
Avvalroq prezident Putin sanksiyalar mamlakatni yanada kuchli qilayotgani haqida aytgan edi.


