1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya kamerali snayper yaratdi

Snayper patronini, vazifaga qarab, ikki xil kalibrli — NATO va Rossiya patroniga o‘zgartirishi mumkin.

Rossiya kamerali snayper yaratdi

 

Rossiyada NATOning 12,7 X 99 millimetr o‘lchamdagi patronlarini otoladigan dunyodagi birinchi ko‘p kalibrli “Ravager” miltig‘i ishlab chiqildi.

 

"Ravager”da ikki xil kalibrli patronlarni birdaniga o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Bu boshqa snayperlarda mavjud emas. Bu eksport istiqbollarini sezilarli darajada oshiradi”, — deydi Lobaev Arms korxonasi bosh direktori Vladislav Lobayev.

 

Mutaxassisning fikricha, yangi miltiqning asosiy afzalligi uning modulliligidir. Shuningdek, uning taʼkidlashicha, yangi qurol 0,5 kamon daqiqali otish aniqligiga ega. Bu 12,7 kalibrli qurol uchun noyob qulaylikdir. Qurol bu imkoniyati bilan Amerika “barret”iga qaraganda to‘rt baravar aniqroq otadi(maʼlumot uchun: AQSH “barret”i 2 yoy daqiqali otish aniqligiga ega).

 

“Ravager”da bunday yuqori aniqlik bilan ishlash askarga ancha yengillik beradi. Chunki mergan bu qurol bilan endilikda eng qiyin vazifalarni ham bexato bajarishi mumkin. Masalan, dushman snayper bo‘linmalariga qarshi kurashda “Ravager” anchagina ustunlik beradi.

 

Snayperning og‘irligi 13 kg bo‘lib, “dumba” qismi amortizator bilan jihozlangan. Bu ham merganga afzallik beradi, yaʼni orqaga qaytish zarba taʼsirini sezilarli darajada kamaytiradi.

 

Maʼlumot uchun, Lobaev Arms ishlab chiqish kompaniyasi hozirgi kunga qadar eng uzoq masofali o‘qotar qurollarga ega. Masalan, “Twilight” miltig‘i bilan nishonni 2,5 kilometr masofada aniq otish mumkin. Aslida esa miltiq o‘qi 4,2 kilometr masofagacha uchadi.

 

Avvalroq, yaqin orada Eronda ham yadro bombasi bo‘lishi hamda Jo Bayden Tayvanga qurol sotishni maʼqullagani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика