1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya Litvaga ultimatum eʼlon qildi

Bu tranzit masalasi bilan bog‘liq.

Rossiya Litvaga ultimatum eʼlon qildi

 

Rossiya Litvaga Kaliningrad viloyatiga tranzit masalasida ultimatum yubordi. Uning matni tashqi ishlar vazirligi saytida eʼlon qilingan.

 

“Xalqaro huquqiy majburiyatlarini buzishga qaratilgan Litva tomonining xatti-harakatlarini ochiq dushmanlik sifatida baholaymiz”, – deyiladi bayonotda.

 

Uning huquqiy asosi sifatida 2002 yilda RF va Yevropa ittifoqining Kaliningrad viloyati va Rossiyaning qolgan hududlari o‘rtasida tranzit to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti keltirilgan.

 

Ushbu norozilik notasi taqdim etilishi uchun Litvaning vaqtinchalik ishonchli vakili Virginiya Umbrasen TIVga chaqirilgan va unga keskin protest bildirilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Litva temiryo‘llari 18 iyundan boshlab  Kaliningradga YEI sanksiyalari ostiga tushgan tovarlar tranziti taqiqlanishi haqida maʼlum qildi. Shu bilan birga 10 avgustga qadar ushbu mintaqaga neft cheklanmagan miqdorda olib kirilishi mumkin.

 

Kaliningrad viloyati Rossiyaning anklav hududi hisoblanib, u RFning asosiy qismi bilan hech qanday quruqlik chegarasiga ega emas.

 

Avvalroq YеIning ayrim davlatlari Rossiya tashqi ishlar vazirining Serbiyaga uchib o‘tishiga ruxsat bermay, o‘z havo chegaralarini yopib qo‘ygandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика