1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiya Mudofaa vazirligi Afg‘onistondagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakat prezidenti Vladimir Putinning ko‘rsatmasiga binoan Afg‘onistondagi 500 dan ortiq Rossiya, ODKB (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) va Ukraina fuqarolarini evakuatsiya qiladi. Bu haqda vazirlikka tayanib, “TASS” xabar berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Afg‘onistondagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qiladi

 

 

Maʼlum qilinishicha, ushbu operatsiyani amalga oshirishda harbiy transport aviatsiyasining to‘rtta samolyotidan foydalaniladi.

 

«25 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mudofaa vaziri Sergey Shoyguga bergan ko‘rsatmasiga binoan Afg‘oniston hududidagi Rossiya, ODKBga aʼzo-davlatlar (Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston) va Ukrainaning 500 dan ortiq fuqarolarini harbiy transport aviatsiyasi samolyotlari yordamida evakuatsiya qilish tashkillashtiriladi», — deyiladi xabarda.

 

Taʼkidlash kerakki, O‘zbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti aʼzosi hisoblanmaydi. O‘tgan vaqt davomida O‘zbekiston ODKB tarkibidan ikki marta chiqib ketgan — dastlab 1999 yil 2 aprelida (Gruziya va Ozarbayjon bilan birga), keyin 2012 yil 28 iyunida (tashkilotga 2006 yil avgustida qayta qo‘shilgan). Tashqi ishlar vazirligining 2012 yil iyunidagi bayonotida shartnomadan chiqishning aniq sabab va omillari tashkilot kotibiyatiga maʼlum qilingani aytilgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi O‘zbekiston fuqarolari to‘liq evakuatsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика