1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Rossiya va Xitoy bilan urushga yo‘l qo‘ymaslik asosiy maqsadimiz bo‘lishi kerak” — AQSH generali Jon Xayten

AQSH qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosari general Jon Xayten Brukings institutida Rossiya va Xitoyning Vashington bilan urushi butun dunyoni vayron qilishi mumkin, degan fikrni bildirgan.

"Rossiya va Xitoy bilan urushga yo‘l qo‘ymaslik asosiy maqsadimiz bo‘lishi kerak” — AQSH generali Jon Xayten

 

 

Xayten AQSH o‘tmishda ko‘plab qaynoq nuqtalar, xususan, Vyetnam urushida ishtirok etganiga qaramay, sobiq Ittifoq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga intilmagan.

 

" Rossiya va Xitoy bilan urushga yo‘l qo‘ymaslik bizning asosiy maqsadimiz bo‘lishi kerak. Chunki bu kun sayyoramiz uchun dahshatli kun bo‘ladi. Bunday urush butun dunyoni, dunyo iqtisodiyotini  halok qiladi", —  degan general.

 

Xayten AQSH va Rossiya o‘rtasida strategik barqarorlikni taʼminlash bo‘yicha muzokaralarda erishilgan yutuqlarga eʼtibor qaratgan. "Bizning umumiy fundamental maqsadimiz bor – hech qachon o‘zaro urush boshlamaslik. Sababi yadro quroli bilan urush olib borish – juda yomon", — deb taʼkidlagan amaldor. Shuningdek, general Xitoy bilan muammolarni hal qilish maqsadida muloqotni boshlash muhimligini qayd etgan.

 

2021 yil iyun oyida AQSH va Rossiya yetakchilari uchrashuvida strategik barqarorlik masalasi muhokama qilingan. Shundan keyin ikki davlat hukumati aʼzolari ushbu masalada uchrashuv o‘tkazgan.

 

Bundan avval AQSHning global urushdagi ehtimoli past baholanganligi xabar qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика