1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik migrantlarning shaxsiga aniqlik kiritildi

Avvalroq Moskva viloyatining Solnechnogorsk shaharchasi Pribrejnaya ko‘chasida joylashgan quruvchilarning vaqtincha turar joyida yong‘in chiqib, oqibatda O‘zbekiston fuqarolari halok bo'lgani haqida xabar bergandik.

Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik migrantlarning shaxsiga aniqlik kiritildi

 

Ma'lum bo'lishicha, yong‘in sabab yerda yashab kelgan migrantlardan 4 nafari halok bo‘lgan, 2 nafari esa jarohat olgan. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolaridir.  

 

Vafot etganlar shaxsiga aniqlik  kiritilgan. Ular — Otaqulov Shokir O‘roqboyevich (1969 y.t), uning o‘g‘li O‘roqboyev Eldor (1998 y.t), Kubayev Sherali (1987 y.t) va Rahmatov Alisher (1998 y.t) ekani aniqlangan.

 

Hozirda vafot etgan yurtdoshlarimiz jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

 

Maʼlumot uchun: Yong‘indan jabrlangan ikki nafar yurtdoshimiz Solnechnogorsk markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi hodisa yuzasidan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan aloqa o‘rnatgan. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva yaqinidagi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in Moskva vaqti bilan 10:27 da boshlangan, 15:40 da to‘liq o‘chirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tolyattidagi xostelda 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlangani hamda Rossiyada o‘zbekistonlik fuqarolar nomaʼlum moddadan zaharlanib, vafot etgani haqida xabar berilgandi.

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика