1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Rossiyada migratsiya to‘g‘risida yagona hujjat joriy etiladi

Migratsiya to‘g‘risidagi yangi qonun 2024-yilda kuchga kirishi mumkin.

Rossiyada migratsiya to‘g‘risida yagona hujjat joriy etiladi

 

 

Rossiya Federatsiyasi IIVning maʼlum qilishicha, migratsiya sohasida ishlab chiqilayotgan yangi qonun ko‘pgina afzalliklarga ega. Jumladan, chet el fuqarolarining mamlakatga kirib kelishi, mamlakat hududida bo‘lishi va vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishini tartibga soladi.

 

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi IIVning Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari K.Adzinov o‘z izohini berib o‘tdi.   

 

Qayd etilishicha, migratsiya sohasidagi qoidalarni tubdan o‘zgartiradigan qonun yozilayotgani, bu chet el fuqarolarining mamlakatga kirishi, mamlakat hududida bo‘lishi va ishlashi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarga taʼsir qilishi hamda hozirda amalda bo‘lgan qator hujjatlarni bekor qilishini aytgan.

 

Xususan, Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishning ikkita asosiy turi bo‘ladi. Bular: vizali va vizasiz. Hozirda chet elliklar uchun rasmiylashtirilayotgan barcha hujjatlar o‘rnini bosadigan yagona hujjatni joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, majburiy tibbiy sug‘urta doirasida mehnat migrantlari uchun tibbiy yordam ko‘rsatish yoxud tibbiy vizalar olish qoidalarini aniqlashtirish ham nazarda tutilmoqda.

 

Migratsiya to‘g‘risidagi yangi qonun 2024-yilda kuchga kirishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Rossiyada yuz bergan ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar 40 yilga deportatsiya qilingani hamda Rossiya migrantlarga yangi majburiyat yuklamoqchiligi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика