1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Rossiyadan O‘zbekistonga birinchi “Agroekspress” poyezdi yetib keldi

“Agroekspress” bu — O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro savdoni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va mamlakatlar o‘rtasidagi yuk aylanmasini ko`paytirish uchun xizmat qiluvchi loyiha.

Rossiyadan O‘zbekistonga birinchi “Agroekspress” poyezdi yetib keldi

 

Kecha, 24-noyabr kuni “Toshkent-Markaziy” vokzalida Rossiyadan O‘zbekistonga yetib kelgan poyezdning kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Maʼlumot uchun, “Agroekspress” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish doirasida, logistika koridorlarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya temir yo‘llari ishini birlashtirgan. Kelgan yuk muzlatkichli konteynerlarda TsNA (Rossiya Federatsiyasining Janubi-Sharqiy temir yo‘l) yuk stansiyasidan Qozog‘iston orqali tranzit yo‘l bilan Sergeli stansiyasiga (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ) olib kelingan.

 

Poyezd Toshkentga muzlatilgan parranda go‘shti partiyasini yetkazib berdi. Tajriba sifatida konteynerlar partiyasi chegara va bojxona tartib-qoidalaridan o‘tishni, marshrut bo‘ylab tovarlar xavfsizligi sifatini sinovdan o‘tkazish imkonini berdi hamda keyingi qatnovlargacha yuklarni yetkazib berish jarayonini soddalashtirish va takomillashtirish imkoniyatlarini ko‘rsatdi.

 

Taʼkidlash joizki, mamlakatlar o‘rtasida “Agroekspress”ning barcha texnologik va nazorat masalalari ishlab chiqilgandan so‘ng ular muntazam va to‘laqonli bo‘ladi.

 

Avvalroq, O‘zbekiston va Afg‘oniston ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishi hamda endilikda fuqarolar poyezdlar harakatlanishini onlayn kuzatish mumkinligi haqida xabar berilgandi.

 

Maftuna Rejabboyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика