1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyaga Facebook va Instagram qaytdi

Rossiya fuqarolariga Facebook va Instagram‘dan foydalanishga ruxsat berildi.

Rossiyaga Facebook va Instagram qaytdi

 

Bu haqda Moskva shahri Tverskoy sudi maʼlum qildi.

 

Maʼlumki, 21-mart kuni Rossiyada Meta kompaniyasi ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan va uning faoliyati taqiqlab qo‘yilgan edi. Ammo sudning navbatdagi qarorida, fuqarolar ekstremistik faoliyat yuritmasdan Facebook va Instagram‘dan foydalanishiga ruxsat berildi.

 

“Qonunda taqiqlangan faoliyatni yuritmasa, yuridik va jismoniy shaxslarning Meta kompaniyasining mahsulotlaridan foydalanishi cheklanmaydi”, — deyiladi qarorda.

 

Avvalroq Rossiyaning 4 yirik OAV sahifalari Meta‘da bloklab qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика