Roskomnadzor so‘nggi 24 soat ichida Facebook Rossiyaning 4ta OAV: Zvezda, RIA Novosti, Lenta.ru va Gazeta.ru saytlarining materiallarini senzura qilganini maʼlum qildi.
"Roskomnadzor Meta Platformalar maʼmuriyatiga Rossiya ommaviy axborot vositalarini cheklashning har bir holati uchun blokirovkani olib tashlashni va qo‘llanilgan sanksiyalar sababini tushuntirishni talab qilgan rasmiy xat yubordi.
Ammo Roskomnadzorning talablariga javob berilmayapti. Senzuraga uchragan rus ommaviy axborot vositalarini darhol blokdan chiqaring”, — deyiladi agentlik xabarida.
Maʼlumot uchun: Chorshanba (12 fevral) kuni Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqdagi manipulyatsiya va dezinformatsiyaga barham berish choralari doirasida Rossiya harbiy razvedkasiga aloqador o‘nlab akkauntlarni o‘chirganini maʼlum qildi.
78 ta Facebook va to‘rtta Instagram akkauntidan iborat Rossiyadagi tarmoq asosan Ukraina va qo‘shni davlatlarga qaratilgan bo‘lib, Suriyadagi mojaro, Qrimdagi etnik ziddiyatlar va 2014 yilda Ukrainada Malayziya aviakompaniyasiga qarashli samolyot halokati haqidagi xabarlarni chop etgan.


