1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyaliklar uchun Shengen vizasi olish jarayoni yanada murakkablashmoqda

Yevropa Ittifoqi Rossiya fuqarolariga viza tartibini cheklashda davom etmoqda.

Rossiyaliklar uchun Shengen vizasi olish jarayoni yanada murakkablashmoqda

Germaniyaning Moskvadagi elchixonasi mamlakat hukumati rossiyalik fuqarolarga milliy hamda Shengen vizalarini berish jarayonida qo‘shimcha talablar va cheklovlarni joriy etganini ma’lum qildi. Ushbu qaror Ukrainaning sharqida davom etayotgan harbiy mojaro sababli Yevropa Ittifoqi xavfsizlik muhitida yuzaga kelgan tahdidlar bilan izohlanmoqda.

 

Shuningdek, Ispaniyaning Moskvadagi Bosh konsulligi 13-sentabrdan boshlab viza arizalarini qabul qilishni noma’lum muddatga to‘xtatdi.

 

Politico nashrining yozishicha, Yevropa Komissiyasi joriy yil dekabr oyida Rossiya va ayrim boshqa davlat fuqarolariga vizalar berish tartibiga oid umumiy ko‘rsatmalarni e’lon qilishi kutilmoqda. Ushbu hujjatda Yevropa hududiga kirish uchun yanada qat’iy talablar belgilanishi taxmin qilinmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика