1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Aleksey Vladimirovich Yerkhov avval Turkiyada elchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5-sentabr kuni farmon imzolab, O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi. Endilikda Rossiya elchixonasiga 2017-yildan beri Turkiyada elchi bo‘lib ishlagan Aleksey Vladimirovich Yerkhov rahbarlik qiladi.

 

1960-yilda tug‘ilgan Yerkhov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan. U 1983-yildan beri diplomatik xizmatda bo‘lib, Marokash, Misr va Isroilda faoliyat yuritgan.

 

Keyinchalik u Rossiyaning Suriyadagi elchixonasida maslahatchi-vakil, Istanbuldagi bosh konsul, shuningdek, TIVning Vaziyat va inqiroz markazi direktori sifatida ishlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Oleg Malginov o‘z diplomatik missiyasini joriy yil iyun oyida yakunlagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика