1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Samarqandda bog‘chada bolalarga ajratilgan go‘sht qayoqqa ketyapti?

Kuni kecha Korrupsiyaga qarshi kurashish jamoatсhilik kengashi aʼzosi Fotima Jo‘rayevaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylangan video postida Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 28-sonli MMTda xo‘jalik mudirasi tomonidan 120 nafar bolalar uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlari talon-taroj qilinayotgani to‘g‘risida izoh qoldirilgan.

Samarqandda bog‘chada bolalarga ajratilgan go‘sht qayoqqa ketyapti?

 

 

Videoxabarda bog‘cha oshxonasida maʼlum miqdordagi pishgan go‘sht yashirib qo‘yilgani aks etgan.

 

Shuningdek, mazkur videoni olgan fuqaro X. bog‘cha xodimlariga nisbatan o‘z nafratini yashira olmagan. Oqibatda, maktabgacha taʼlim muassasasidan go‘sht mahsulotlarini olib ketayotgan bog‘cha xodimini qo‘lga tushirgan. O‘z aybini tan olgan xodim go‘shtni nima maqsadda va qayerga olib ketayotganini aytishni xohlamagan.

 

Bundan tashqari, murojaatchi video davomida farzandi ham shu bog‘chada taʼlim olishini, har safar shunday holatga duch kelganida eʼtibor bermaslikka harakat qilganini taʼkidlagan. Qolaversa, bolalar haqqini yeyishda ayblanayotgan shaxsni “samosud” qilib, aybini tan oldirishga harakat qilingan.

 

Ushbu holat yuzasidan tegishli tashkilotlardan rasmiy munosabat kutib qolamiz.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Andijonda bog‘cha oshxonasida go‘shtni yashirganlar kir yuvuvchilikka o‘tkazilgani hamda Oqqo‘rg‘ondagi bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlangani yuzasidan jinoiy ish qо'zg‘atilgani, buning oqibatida zaharlanganlar soni 25 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Samarqanddagi bog‘chada kaltaklangan 1 yoshli go‘dak haqida  rasmiy munosabat berilgandi.

 

 

Cho‘lpony Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика