Unda keltirilishicha, tekshirishlar natijalariga ko‘ra, 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 28-sonli MMTda xo‘jalik mudirasi tomonidan bolalar uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlari talon-taroj qilinayotgani haqida videoxabar bergandik.
Maftuna Rejabboyeva tayyorladi


