
Taʼkidlashicha, 2021-yilning 10-sentabr kuni soat 13:00 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahar hududidan o‘tgan M-37A avtomobil yo‘lining 43-kilometrida, Toshkent–Buxoro yo‘nalishida haydovchi I.A. "Ford" rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib o‘zidan oldinda, svetoforning taqiqlovchi ishorasida to‘xtab turgan haydovchi, YPX xodimi M.Rasulov boshqaruvidagi Equinox‘ning orqa tomoniga urilgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositalariga texnik zarar yetgan.
Mazkur YTH yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Namanganda yuk avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, bir kishi vafot etgani hamda Jizzax viloyatida “Lacetti” avtomashinasini 7-sinf o‘quvchisi boshqarib ketayotgani haqida xabar berilgandi.


