1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Saudiyalik professor O‘zbekistonga noyob kitoblar kolleksiyasini tuhfa qildi

Kitoblar yaqin kunlarda mamlakatimizga olib kelinadi.

Saudiyalik professor O‘zbekistonga noyob kitoblar kolleksiyasini tuhfa qildi

 

Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlarining Makka shahridagi “Ummul Quro” universiteti professori, doktor Nadiya Ibrohim Buxoriy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Suhbat chog‘ida professor O‘zbekiston Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zaxashariy, Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi buyuk mutafakkir olimlar yurti ekanligini alohida taʼkidlagan. U, shuningdek, ota-bobolari yurti – O‘zbekistonga qilgan sermazmun safarini ham yodga olgan.

 

“Uchrashuvda Nadiya Buxoriy ko‘p yillar davomida to‘plagan ilm-fanning turli sohalariga oid 350 dan ortiq kitoblarni O‘zbekistonning ilmiy muassasalariga yetkazishni so‘rab Bosh konsulxonaga taqdim etdi”, — deyiladi xabarda.

 

Nashrga ko‘ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida tashkil etilgan Arab tili hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy ilmiy tadqiqotlar markazi va Hadis ilmi maktabiga taqdim etiladigan ushbu noyob adabiyotlar yaqin kunlarda O‘zbekistonga yetkaziladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика