1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Serbiya NATO a’zosi bo‘ladimi?

Mamlakat prezidenti bu bo‘yicha rejalarini ochiqladi.

Serbiya NATO a’zosi bo‘ladimi?

 

Serbiya NATOga a’zo bo‘lmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich ma’lum qildi. 

 

"Men sizlarga aytaman: biz NATOga kirmaymiz. Chunki ularning mamlakatimizda nima qilganini esdan chiqara olmaymiz. Biz o‘z erkimiz, osmonimiz va yerimizni o‘zimiz himoya qilishni istaymiz", — degan u Bor shahridagi saylovoldi chiqishida.

 

Ma’lumot o‘rnida: 1999 yil 24 mart kuni NATO sobiq Yugoslaviyaga qarshi harbiy operasiya boshlagan edi. Alyans ma’lumotlariga ko‘ra, operasiya davomida aviasiya 10 ming marta  bombardimon parvozlarini amalga oshirgan. Oqibatda 3.5 — 4 ming atrofida serblar halok bo‘lgan. Serbiyaga jami 100 milliard dollarlik moddiy zarar yetkazilgan. 

 

Avvalroq NATO harbiy tayyorgarlikni kuchaytirishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика