1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev аfg‘on xalqiga zarur insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini aytdi

Maʼlumki, Shavkat Mirziyoyev 5 oktyabr kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Muzokaralarda Afg‘oniston xalqiga zarur insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini aytdi.

Shavkat Mirziyoyev аfg‘on xalqiga zarur insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini aytdi

 

Bu haqda Prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Afg‘on xalqiga zarur insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni davom ettirishga, ushbu mamlakatda muhim ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda turkmanistonlik sheriklar bilan faol hamkorlik qilishga tayyormiz”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik butun Markaziy Osiyo mintaqasida taraqqiyot garovi ekani taʼkidlangan.

 

Shuningdek, prezidentlar xalqaro maydonda, shu jumladan, BMT, MDH, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorligi tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin muloqotni davom ettirish hamda tashabbuslarni birgalikda ilgari surishga ham kelishib oldi.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning tor doiradagi muzokaralari boshlangani  va uchrashuv davomida 23 ta hujjat imzolangani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика